Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi 10 so‘mga pasayib, 9 373 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 52 so‘mga ko‘tarilib, 10 446 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 1,7 so‘mga ko‘tarilib, 141,9 so‘mni tashkil qildi.

Dollar kursi aprel oyining oxirlarida 14 so‘mga pasayganidan so‘ng ketma-ket ravishda ko‘tarilayotgan edi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi. O’tgan haftada esa dollar kursi 323 so‘mga ko‘tarilib, rekord ko‘rsatkichni qayd etdi.

Markaziy bankda ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risidagi holatga izoh berildi.

ilgari Spot 20 avgustdan O‘zbekiston banklari tomonidan naqd valyuta sotish boshlangani, bir kun ichida banklar aholiga qancha naqd xorijiy valyuta sotgani ma’lum qilindi haqida xabar bergan edi.