Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 14 so’mga pasayib, 8 441 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 61 so’mga pasayib, 9 493 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 0,25 so’mga ko’tarilib, 131,7 so‘mni tashkil qildi.

Fevral oyining boshida yil boshidan buyon dollar kursi 8401 so’mni qayd etgandan so’ng birinchi marta va mart oyida esa ikki hafta davomida ketma-ket pasaydi.

Markaziy bak ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.