Markaziy bank xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6 so’mga pasayib, 8 395 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 113 so’mga pasayib, 9 510 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 0,68 so’mga pasayib, 127 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bak ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yil mobaynida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.

Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.