21 avgustdan O‘zbekiston banklari xorijiy valyutani naqd pulda sotishni boshladi.

Spot tomonidan so‘ralgan banklar, hech qanday cheklov yo‘qligini ma’lum qildilar — 50 $ yoki 5000 $ni ham sotib olish mumkin.

Mablag‘larning berilishi kassada qancha valyuta mavjudligiga bog‘liq. Ayirboshlash shoxobchalari xodimlariga ko‘ra, valyuta yetarli va sun’iy taqchillik yo‘q.

Toshkentning turli burchaklarida joylashgan banklarning bir nechta filiallariga tashrif buyurgan Spot muxbirlari hozircha katta navbat yo‘qligiga amin bo‘lishdi. Faqat ayrim filiallarda, ayniqsa metro bekatlarida kichik navbatlar kuzatilmoqda.

Valyutani sotib olish uchun identifikatsiyadan o‘tish kerak — pasportni taqdim etish va kvitantsiyaga imzo qo‘yish. Alohida filiallar yonida tartibni nazorat qilish maqsadida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan patrullash kuchaytirildi.

Bir nechta banklar, masalan “Kapitalbank” va “Hamkorbank"da AQSh dollari 10−15 so‘mga tushirilib, 9440 so‘mdan sotilmoqda.

Markaziy bank raisi ta’kidlashicha, naqd xorijiy valyutaning banklar tomonidan sotilishi valyuta bozorini yanada liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida amalga oshirildi.

Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi, narxlar bozorda mustaqil shakllanadi.