Jizzax viloyatida fuqarolar nomiga imtiyozli kredit ajratib, mablag‘larni o‘z ehtiyojlariga sarflagan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Xonimqo‘rg‘on mahallasi hokim yordamchisi S.X., tijorat bankining G‘allaorol bank xizmatlari markazi mas‘ul shaxslari va boshqalar besh nafar fuqaroning elektron imzosini qo‘lga kiritgan.

Ular fuqarolar nomiga jami 219 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratib, mablag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Spot avvalroq Toshkent viloyatida foizsiz kredit va‘dasi bilan fuqarolarning 17 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar ushlangani haqida yozgandi.