Birja savdolarida oltin va benzin narxi ko‘tarildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

9−13 sentyabr kunlari 3572,3 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi tovarning bir tonnasi uchun 6,4 mln so‘mni, uning boshlang‘ich narxi esa — 6,2 mln so‘mni tashkil etdi.

AI-91 rusumli benzinning haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan jami 0,7% ga o‘sdi.

O‘sish dinamikasi shuningdek qimmatbaho metallar bozorida ham qayd etildi. Savdo yakunlariga ko‘ra 135,9 mln so‘mlik 300 gr Au-1 markali oltin sotilgan.

Birja kotirovkasi so‘nggi savdo yakunlariga nisbatan 14,6% ga oshib, 1 gr oltin uchun 453,1 ming so‘mni tashkil qilgan.

Ilgari Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot yangilangani haqida xabar bergan edi.