Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi, xabar berdi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi tasdiqlandi.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (634 880 so‘m) uning asosi etib qabul qilindi (hozirga qadar yagona tarif setkasining asosi etib eng kam oylik ish haqi olingan).