Forbes nashri dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan reperlar reytingini tuzdi.

Yetakchi o‘rinni 150 mln $ ishlab topgan amerikalik reper Kanye Uest egalladi. Bu yil u Adidas bilan shartnoma tuzdi va Yeezy krossovkalarini ishlab chiqara boshladi.

O‘tgan yilgi reyting yetakchisi — Jay-Z ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning daromadi Beyonse bilan o‘tkazgan “On The Run II” yakuniy turi tufayli 81 mln $ni tashkil etdi. Uchinchi o‘rinda 75 mln $ ishlab topgan Drake joylashdi.

Ro‘yxatning to‘rtinchi qatorini P. Diddy (Shon Kombs) egalladi, daromadining (70 mln $) katta qismi Diageo Ciroc alkogol brendi bilan tuzilgn bitimdan kelgan. Travis Skott 58 mln $ bilan beshinchi o‘rindan joy oldi.

Eminem 50 mln $ ishlab topdi va oltinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikka DJ Khaled, Kendrik Lamar, Migos va Childish Gambino (Donald Glover) kirdi.