16−22 sentyabr kunlari onlayn auksion orqali 712 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Bitimlarning 20,4% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 44,1% ikkinchi va 35,5% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shuningdek, birja savdolarining hajmi 894,6 mlrd so‘mdan 896,9 mlrd so‘mga oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi avvalgi haftaga nisbatan ikki marotabaga oshib 3,3 mln $ni tashkil etdi.

Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 18,2 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 45,2% ni egalladi.