Xivada yuqori tezlikdagi simsiz internetni joriy etish bo‘yicha investitsiyaviy pilot loyihaning rasmiy taqdimoti va ishga tushirilishi bo‘lib o‘tdi, xabar beradi “Dunyo” AA.

“Digitalizing Khiva City” deb nomlangan loyihaning qiymati 2 mln $dan iborat bo‘lib, Malayziyaning Hadid Engineering kompaniyasi yordamida tadbiq etilmoqda.

Spot Malayziya kompaniyasi Xivada yuqori tezlikdagi Wi-Fi joriy etishi haqida iyul oyida xabar topgan edi.

Tegishli kelishuv O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonovning Hadid Engineering kompaniyasi boshqaruvi raisi Soxpian Ariffin bilan olib borgan muzokaralarida erishildi.

Kompaniyaning to‘g‘ridan-to'g'ri investitsiyalarini jalb qilish orqali O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham loyihani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Malayziyaning Hadid Engineering kompaniyasi muhandislik va telekommunikatsiya xizmatlari, yirik turar-joy, savdo va sanoat obyektlarini, hamda neft-gaz va neft-kimyo sanoati, shuningdek, energetika sanoati kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.