Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi chorva mollari eksportini cheklashni rejalashtirmoqda, xabar beradi“Казинформ”.

"Qozog‘iston chorva mollarini go‘shtdan ko‘proq eksport qila boshladi. Joriy yil qoramol eksporti ikki baravarga oshdi. Mazkur yo‘nalishdagi eksport siyosatini o‘zgartirish kerak", — dedi senator Ali Bektayev.

O‘z navbatida, Qishloq xo‘jaligi vaziri Saparxon Omarov ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

“Bugun biz urg‘ochilar olib chiqilishiga taqiq joriy qildik. Respublikada 78 ta yem-xashak maydonchalari mavjudligini aniqladik, ular orqali chorva mollari asosan O‘zbekistonga eksport qilinadi. Biz 50 ga yaqinining chorva mollari eksportini taqiqlashni rejalashtirmoqdamiz. Chunki oqimni kuzatolmaymiz, bu esa vaziyatni nazoratga olib bo‘lmaslikka olib keladi”, — vazir aniqlik kiritdi.

Mamlakat deputatlari chorva mollarining chet elga olib chiqilishini to‘liq taqiqlashni taklif qilmoqdalar.

Ilgari Spot Chimkent O‘zbekistonga katta hajmda qoramol eksport qilishni boshlagani shaharda go‘sht narxining ko‘tarilishiga olib kelgani sababli go‘sht eksporti cheklanishi haqida xabar bergan edi.