Qozog‘istonning Chimkent shahrida go‘sht narxi yana ko‘tarildi, deb yozadi “Otyrar.kz”. Qozog’istonliklarning stolida eng ko’p talab qilinadigan mahsulotning har kilogrammiga 2,5 ming tangagacha to’g’ri kelmoqda.

Narxlar jadal o’sib bormoqda — bir necha hafta ichida go’sht 300 tangaga yoki undan ko’proqqa ko’tarilishi mumkin. Sotuvchilar xaridlar sezilarli darajada tushib ketganidan shikoyat qilishmoqda.

Akimatda (O'zbekistondagi hokimliklar vakolati — Spot izohi) narxlarning ko’tarilishini fermerlar O’zbekistonga katta hajmda qoramol eksport qilishni boshlaganligi bilan izohlashdi — bu yerda uni yanada foydaliroq sotish mumkin.

Rasmiy statistika quyidagicha: atigi 6 oy ichida O’zbekistonga bir yarim mingga yaqin qoramol eksport qilindi. Chimkent bozoriga yetkazib berish keskin tushib ketdi.

“Go'sht narxining ko’tarilishi bilan bog’liq vaziyat sababli idoramiz vakolatli organlarga rasmiy xat yubordi. Mol go’shti eksportini qisqartish yoki cheklab, ichki bozorni ta’minlashni so’radik. Murojaatlarimiz ko’rib chiqilmoqda”, — dedi Chimkent shahar tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig’i Kayrat Bazarbekov.

Bu holat birinchisi emas. 2018 yil dekabr oyi oxirida mol go’shti 1 kg uchun 1400 tangadan 1600 tangaga ko’tarildi. Sotuvchilarning o’zlari buni bozorlarga go’sht yetkazib berish keskin kamayganligi bilan izohlashdi.

Ilgari Spot Davlat statistika qo‘mitasi go‘sht narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritgani haqida xabar bergan edi.