Markaziy bankda ommaviy axborot vositalarida import operatsiyalariga oid valyutani konversiyalash bo‘yicha cheklovlarning joriy qilinishi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berildi.

“Erkin konversiya amaliyoti 2017 yilda joriy qilinganidan buyon xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha valyuta operatsiyalari hajmi bir necha baravar oshdi”, deyiladi xabarda.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida tadbirkorlik subyektlariga chet el valyutasini sotish bo‘yicha amaliyotlarning o‘rtacha oylik hajmi 2017 yilga nisbatan qariyb 3 baravar, xorijiy valyutani sotib olish esa 2 barobardan ko‘proq oshdi.

Joriy yilning avgust oyida xorijiy valyutani sotib olgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2017 yilda 340, 2018 yilda 4,1 ming va joriy yil avgust oyida esa 7,6 mingni tashkil etdi.

Shu bilan birga, iqtisodiyotni erkinlashtirish va oshkoraligini ta’minlash bilan bir qatorda, davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samaradorligini oshirish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Biroq, amalda, davlat xaridlari doirasida, mamlakatda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan (sifati, narxi bo‘yicha) tovarlar importi uchun davlat resurslaridan foydalanish, narxlarini haddan tashqari oshirish, shuningdek, tegishli marketing izlanishlarini amalga oshirmaslik holatlari uchramoqda, bu esa o‘z navbatida davlat mablag‘larining chiqib ketishi va muzlatilishiga olib kelmoqda”, deya xabarda vaziyat tushuntiriladi.

Shu sababli, yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning oldini olish uchun Hukumat tomonidan davlat xaridlari, investitsiya va boshqa dasturlar doirasida ayrim davlat kompaniyalarining import kontraktlarini ishlab chiqarish va investitsiya loyihalarida aks ettirilgan narxlarning muvofiqligi, hamda shunga o‘xshash tovarlarning ichki bozorda sifat va narx jihatdan mavjudligini ekspertizadan o‘tkazish qismida ko‘rib chiqadi.

Amaliy tomondan, ushbu chora-tadbirlar davlat kompaniyalarini isloh qilish va samaradorligini oshirishning bir qismi bo‘lib, ularni boshqarishdagi ishlarning holati to‘g‘risida aniq tasavvur beradi, qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan axborot-tahlil bazasini yaxshilash, shuningdek ularning raqobatdoshligini oshirish dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur chora-tadbirlar davlat kompaniyalarining ichki va tashqi bozorlarning raqobatbardosh narxlari asosida ishlab chiqarish xaridlarini qayta yo‘naltirish orqali shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Regulyatorda barcha tijorat banklarida tadbirkorlarga chet el valyutasini tovarlar (xizmatlar) importi uchun hech qanday cheklovlarsiz sotilayotgani qayd etildi.