Doimiy tokda ishlaydigan elektrodvigatel ixtirochisining ishlanmasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi Jahongir Mahkamov sentyabr oyining boshida Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan qabul qilinganidan so‘ng u yaratgan ishlanmalar- doimiy quvvatga ega elektrodvigatel, quruq zaryadli va tez tiklanuvchi akkumulyator va tok kuchaytirgichi vazirlik tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidano‘rganib chiqildi.

Qurilma tez zaryad olishi (3−4 daqiqa atrofida) hamda yengil vaznga ega bo‘lib turib (3.5 kg) qiyinchiliksiz avtomobilning dvigatelini qo‘zg‘ata olgani ishchi guruh va Turin Politexnika universiteti xodimlarining umumiy qiziqishini uyg‘otdi.

Quruq zaryadli akkumulyatorni zaryad olish va zaryad tugashi vaqti o‘lchandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 8 ta siklda akkumulyatorning quvvat olish va quvvatsizlanish jarayonlarining barqarorligi aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan kattaroq sikllarda (5000 martagacha) sinov o‘tkazish lozimligini va prototipning kimyoviy tarkibini batafsil o‘rganish zarurligi haqida xulosa chiqarildi.