7−13 oktyabr kunlari onlayn auksion orqali 641 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Bitimlarning 20,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 50,9% ikkinchi va 28,2% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 571,9 mlrd so‘mdan 721,1 mlrd so‘mga oshdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2 mln $ga teng tovarlar sotildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10,3% ga yuqori.

Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 5,2 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 17,2% ni egalladi.