28-noyabrda $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega, IT Park va Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda tashkil qilingan sport dasturlash boʻyicha Oʻzbekistondagi ilk onlayn chempionat start oladi.

Sport dasturlash — bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi — asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

Onlayn chempionat 2 bosqichga boʻlinadi:

1-bosqich: Saralash turi.

Saralash turi 28−29-noyabr kunlari boʻlib otadi. Ushbu tur doirasida barcha arizachilar chempionatning finaliga yoʻl olish va $30 000 sovrin jamgʻarmasi uchun kurashish maqsadida vazifalarni bajarishadi.

2-bosqich: Final.

5−6-dekabr kunlari eng yaxshi ishtirokchilar gʻoliblik maqomi uchun kurashuvchi final bosqichi boʻlib oʻtadi.

Jami 6 nafar ishtirokchi gʻolibga aylanadi va ular oʻrtasida $30 000 sovrin jamgʻarmasi taqsimlanadi.

Yosh kategoriyalari:

  • A kategoriya — 30 yoshgacha (murakkablashtirilgan vazifalar).
  • B kategoriya — maktab oʻquvchilari (osonlashtirilgan vazifalar).

Muhimi, sizda IT boʻyicha bilim bor yoki yoʻqligi ahamiyatga ega emas, istalgan xohlovchi ishtirok etishi mumkin.

Talablar:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish.
  • One Million Coders kurslaridan birini bitirganlik haqida sertifikatga ega boʻlish.

Muhim: IT Park Cup saralash bosqichida ishtirok etgan talabalar avtomatik ravishda Oʻzbekistondagi ICPC chorak finalida ishtirok etishlari mumkin.

Maʼlumot oʻrnida: epark.uz saytida sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.

Ishtirok etish uchun havola boʻyicha oʻtib, roʻyxatdan oʻting: https://sport-programming.uz/