Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida umumiy hajmi 100 mlrd. so‘m likvidlik taqdim etish bo‘yicha, muddati 14 kunlik valyutaviy svop auksion savdolari o‘tkazildi.

Svop — bitimda bеlgilangan muddat va valyuta kursi buyicha hisoblashish (qayta almashuv) sharti asosida valyutalarni bir vaqtda sotib olish va sotish bo‘yicha ikki tomonlama bitimdir.

Auksion davomida jami 100,0 mlrd. so‘m mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha kelib tushgan 9,56 mln. AQSh dollari hajmidagi buyurtmanomalar to‘liq qondirildi.

Auksion natijalariga ko‘ra valyutaviy svop operatsiyalarning so‘mdagi qismi bo‘yicha minimal foiz stavkasi 16,10 foiz va maksimal foiz stavka 17,10 foizni tashkil etti. O‘rtacha hisoblagan foiz yillik 17,09 foizni tashkil etdi.