Turar-joy binolari endilikda ta’mirlangan hamda kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan holda o’z egalariga topshiriladi deya xabar beradi Qurilish vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Hidoyatov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida.
“Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga o‘zgarishlar kiritildi. Bundan keyin uylar „korobka“ holatida topshirilmaydi. Bu tartib-tamoyil 3 oydan keyin, apreldan kuchga kiradi. Pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikasiya tarmoqlari tortilgan bo‘ladi”, deydi vazir o’rinbosari.