SpaceX kosmik kompaniyasi asoschisi va Teslaning bosh direktori Ilon Mask Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko’ra eng boy insonlar ro’yxatida 2-o'rinni egallab turibdi.

Amerika fond birjalarida savdolar yakuniga ko’ra Elon Maskning boyligi 176,2 milliard dollarga baholandi, kun davomida u 13,5 milliard dollarga yoki 7,1 foizga kamaydi. Reytingda birinchi o’rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Uning boyligi 182,2 milliard dollarni tashkil etadi. Yil davomida u 3,6 milliard dollarga yoki 1,96 foizga kamaydi.

Oldinroq Spot, Ilon Mask 188 mlrd dollar bilan dunyoning eng boy odamiga aylanganligi va hisobidagi barcha pulni Marsni kolonizatsiya qilish uchun sarflashi haqida yozgan edi.