Dunyoning eng boy biznesmeni Ilon Mask o’zining barcha boyliklarini Mars sayyorasiga ko’chib o’tish uchun sarflashini Business Insider India muhbiriga bergan intervyusida aytib o’tgan. Maskning nazarida, uning moddiy boyliklari bilan xayrlashish ham uning Marsga borishga sodiqligini bildiradi.

“Menimcha, insoniyat uchun kosmik sivilizatsiya va sayyoralararo yashash juda muhimdir. Marsda shahar qurish uchun juda ko’p mablag' kerak bo’ladi.Men Marsdagi shaharga iloji boricha ko’proq hissa qo’shishni xohlayman” — deydi Mask.

Mask avvalroq 2050-yilga kelib Marsga 1-million kishini jo’natishni va u yerda parom qilish uchun 1000 ta kemalar parkini qurishni rejalashtirayotganini aytgan edi. Marsga uchib ketishga qodir bo’lmaganlar uchun Mask Qizil sayyoradagi ish joylari bilan bir qatorda kredit berishga tayyorligini e’lon qilgan edi.

Eslatma: 2021-yilning 7-yanvar kuni Ilon Mask 188 mlrd dollar mablag' bilan dunyoning eng boy odamiga aylangan edi.