Tesla va SpaceX korporatsiyalari asoschisi Ilon Maskning boyligi 7,17 foizga pasaydi. Forbes Real Billionaires reyting holatiga ko’ra, hozirda u $169,1 mlrd ga ega. Bunday bo’lishiga sabab Tesla aksiyalarining pasayishidir.

Kompaniya 22- fevral kuni $714 gacha arzonlashdi. u oxirgi 5 oy ichida kompaniya uchun katta yo’qotish bo’ldi. Shu bilan birga boshqa texnologiya kompaniyalari Apple (2,98%),Amazon (2,13%), Microsoft (2,68%), Nasdaq (2,5%) da ham kamayish kuzatilgan.

Tesladagi bu holat bitkoin narxining keskin pasayishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin deyilmoqda. Oldinroq Tesla bitkoin kriptavalyutasiga 1,5 mlrd dollar investitsiya kiritgan edi.

Ilon Maskning Twitterdagi xabarlari Teslaning yo’qotishlariga sababchi bo’lmoqda.

Avvalroq Spot, Mask shaxsiy kriptavalyuta yaratishi mumkinligi haqidagi xabar bergan edi.