Ilon Mask Twitter tarmog’ida Dogecoinlar haqida qoldirgan tvitida shaxsiy kriptovalyuta yaratish to’g’risida so’z ketdi. Binance kriptobirjasining asoschisi unga MarsCoin deb nom berishni taklif etdi.

Shundan so’ng avval mavjud bo’lgan, ammo mashhur bo’lmagan altkoin “MarsCoin” narxi 3000% ga ko’tarildi.

Coinmarketcap xizmati tvitlardan keyin altkoin $2,5 ga ko’tarilganligi haqida xabar bergan.

Ilon Mask bundan nomdagi altkoin borligi haqida bilmagan va hozirda Coinmarketcap saytida MarsCoinning Tesla rahbari bilan hech qanday aloqasi yo’qligi to’g’risida ma’lumot bor.

Shu bilan birga, MarsCoin asoschilarining fikriga ko’ra, kolonizatsiya amalga oshadigan taqdirda bu altkoin Marsdagi birinchi moliya vositasi bo’lishi mumkin.

Avvalroq Spot, Ilon Mask barcha boyligini Mars kolonizatsiyasi uchun ishlatishi haqida xabar bergan edi.