Mamlakatda sog’liqni saqlash soxasini rivojlantirish hamda raqamlashtirish maqsadida IT-Med MChJ tashkil qilinmoqda deya xabar beradi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qaror.
IT-Med tashkilotining asosiy vazifalaridan biri bu so’gliqni saqlash sohasida Elektron so’liqni saqlash va Yagona platforma axborot kompleks tizimlarini yaratish va amalga oshirish.
2023 yil 1 yanvarga qadar, aholi va tizim foydalanuvchilari uchun tibbiy xizmatlardan foydalanishga imkon beradigan dasturlar va mobil ilovalar ishga tushiriladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar yagona platformaga ulanadi.
Spot bundan oldin “aqlli tibbiyot” tizimini joriy etilishi haqida yozgan edi.