Chirchiqda “Survival & Rescue Training Park” quriladi. Investor Koreyaning “INSTAR CO LTD” kompaniyasi bo’ladi. Bu haqida O‘zA agentligi xabar beradi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati $42 mln dollariga teng bo‘lib, loyiha foydalanishga topshirilishi natijasida 400 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Spot, Koreya kompaniyasi O’zbekistonda 3 ta yirik loyihaga investorlik qilayotgani haqida xabar bergan edi.