Bloomberg Economics hisob-kitoblariga ko’ra butun dunyo aholi pandemiya davrida $2,9 trln mablag’ni jamg’arib qolgan. Ushbu mablag’larning yarmi — taxminan $1,5 trln Amerika hukumati tomonidan ikki marotaba to’g’ridan-to'g'ri moliyaviy yordam tufayli amerikalik iste’molchilar tomonidan to’plandi.

Tahlilchilar ta’kidlashlaricha, ushbu tejalib qolgan pullar iqtisodiyotning tanazzuldan tezroq tiklanishiga yordam berishi kerak. Chunki iste’molchilar tez orada ularni tovar va xizmatlarga sarflashni boshlaydilar.

“2020-yilning yozida pandemiya tugashiga umid qilingan edi. Afsuski bu yuz bermadi. Iqtisodiyotning o’sishi faqatgina karantin cheklovlari olib tashlangach kuzatilishi mumkin. Lokdaunlar paytida hosil bo’lgan pul jamg’armalari — bu iqtisodiyotni keskin ko’taradiganvositalardan biri bo’lishiga ishonchimiz komil”, deydi Yevrozona bo’yicha mutaxassis Mayeva Kazen.

Shuningdek,Bloomberg Economics tomonidan qaysi davlatlarda iste’molchilar yirik tejashga erishgani qayd etildi: Xitoyda — 2,8 trillion yuan ($430 mlrd), Yaponiya — 32,6 trillion iyena ($300 mlrd), Buyuk Britaniya — 117 mlrd funt, Germaniya — 142 mlrd yevro, Fransiya — 125 mlrd yevro, Ispaniya — 66 mlrd yevro, Italiya — 54 mlrd yevroni tashkil etdi.

Avvalroq Spot, pandemiyaning O’zbekistonga qilgan ta’siri haqida xabar bergan edi.