Rossiyaning “ЭKO-культура” agrosanoat holdingi 2024-yilga qadar O’zbekistondagi yangi issiqxona kompleksi qurilishini yakunlashni va birinchi bosqichini 2021-yil iyulida boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida manbalarga asoslanib Sputnik.uz xabar beradi.

Bu O’zbekistondagi “ЭKO-культура” ASHning birinchi ishlab chiqarish maydonchasi bo’ladi.

Majmua Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 150 gektar maydonda joylashgan bo’ladi. U yerda yil davomida issiqxonalarda pomidor yetishtirish mumkin bo’ladi.

Butun majmuani qurishga jami sarmoyalar qariyb 15 milliard rublni tashkil etadi. Qurilish tugaguniga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ulushi qishloq xo’jaligi xoldingining umumiy ishlab chiqarish hajmining 12 foizini tashkil etishi rejalashtirilgan.

2024-yilga kelib qurilish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan. Bu yilida 80 ming tonnagacha pomidor yetishtirishga imkon beradi.

Ma’lumot uchun: “ЭKO-культура” Rossiyaning sabzavot ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Holdingning issiqxonalari Stavropol, Leningrad, Tula, Lipes va Voronej viloyatlarida 300 gektar maydonda joylashgan.