Ilon Mask Xitoyga tashrifi chog‘ida “Baidu” kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha kompaniya bilan “Tesla"ning to‘liq avtopilot tizimida xaritalash va navigatsiya funksiyalaridan foydalanish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

Shuningdek, Xitoyning regulyatorlari Tesla’ning mamlakatda to‘liq avtopilotini ishga tushirishni “oldindan ma’qulladi”, deb xabar berdi “WSJ” nashri.

“Bloomberg"ning qayd etishicha, “Tesla” dastlab Xitoyda mashhur bo‘lgan, biroq kompaniya so‘nggi paytlarda mahalliy elektromobil ishlab chiqaruvchilar, jumladan, “BYD” tomonidan qattiqroq raqobatga duch kelgan.

“Tesla"ning Xitoy bozoridagi ulushi 2023-yil boshidagi 10,5%dan to‘rtinchi chorakda 6,7%gacha pasaydi, deb yozadi nashr.

“Baidu” bilan hamkorlik qilish va to‘liq avtonom haydash tizimini ishga tushirish kompaniyaga o‘z mavqeini yaxshilashga yordam berishi mumkin.


Avvlaroq “Spot” “Tesla” bir qator yirik bozorlarda avtomobillari narxlarini pasaytirgani haqida yozgandi. Kompaniya AQSh, Xitoy va Germaniyada avtomobillar narxlarini 10%ga tushirdi.

Bu harakat “Tesla"ning dastlabki uch oyda butun dunyo bo‘ylab avtomobil yetkazib berish keskin pasaygani haqidagi xabaridan keyin amalga oshirildi