24-mart kuni “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ CIP zalida, aeroport rahbariyati va “Turkish Airlines” aviakompaniyasining vakillari o’rtasida yangi aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokara o’tkazildi. Bu haqida “Urganch xalqaro aeroporti"rasmiy telegram kanali xabar beradi.

Uchrashuv avvalida aeroport direktori Kuryazov X.B turizm sohasi vakillari va mamlakatga keladigan mehmonlarning salomatligini asrash, havo kemalari va yo’lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida to’xtalib o’tdi.

Aeroport direktorining birinchi o’rinbosari Ruslan Agabullayev, turkiyalik hamkasblarining murojaatlari va savollarini tinglab, kelgusi aviaqatnovda aeroport “Turkish Airlines” havo kemalariga va yo’lovchilariga kafolatli xizmat ko’rsatishga tayyor ekanligi haqida o’z fikrini bildirdi va ularning savollariga javob berdi.

Ikki taraf ham o’zaro tinglandi va tez orada shartnoma imzolanishi haqida Turkiyalik vakillar o’z takliflarini bildirib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida, 28-martdan boshlab “Uzbekistan Airways” Istanbul shahriga Farg’ona va Urganch aeroportlaridan muntazam qatnovlar yo’lga qo’yganligini e’lon qilgan edi.