IT Park va Amerika xalqaro ta’lim kengashi hamkorlikda “IT-sohasida startaplarni rivojlantirish, bozorda zamonaviy yo‘nalishlarni aniqlash va ularni xorij bozorlarida ilgari surish” mavzusida seminar tashkil etmoqda.

Ingliz tilida o’tishi rejalashtirilgan mazkur tadbir 16-aprel kuni soat 16:00 da INHA universitetida bo‘lib o‘tadi. Seminarda quyidagi spikerlar ishtirok etadilar:

  • Djo Kapp — AQSh Resurslarni rivojlantirish milliy markazining prezidenti va muassislaridan biri. Kapp — tadbirkor, yuqori texnologiyalar sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega, Fortune 500 ro‘yxatidagi qator korporasiyalar, shu jumladan, GE, Johnson & Johnson kompaniyalariga konsultantlik qilgan.
  • Briana Vayzinger — Janubiy San Diyego Kichik biznesni rivojlantirish markazining direktori. 1400 dan ortiq korxonalar bilan ishlagan va ularga 8.6 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish olishda ko‘mak bergan.

Seminarda ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.