Amazon Londonda noodatiy go‘zallik salonini ochdi, deya xabar bermoqda “The Verge”. Mazkur salonda mijozlarga eng zamonaviy texnologiyalar orqali xizmat ko‘rsatilmoqda. Masalan, har bir mijoz turli xil soch turmagi va ranglarini avvalo o‘zida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini maxsus ilova orqali ko‘rishi, keyin esa o‘sha turmakni qilishga buyurtma berishi mumkin bo‘ladi.

Avvaliga salonga faqat kompaniya xodimlari tashrif buyurishlari mumkin edi, yaqin kunlarda u oddiy mijozlar uchun ham xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya ayni paytda yana boshqa salonlarni ochishni rejalashtirmayapti, Londondagi sartaroshxona orqali ular bu turdagi mahsulot va texnologiyalarni sinab ko‘rishni reja qilmoqdalar.

Sartaroshxonaning ochilishi kompaniyaning moda va go‘zallik sohasidagi ambitsiyalarini namoyish etish uchun marketing yurishidir. Ma’lumot uchun, bu shoxobcha Londondagi Professional Beauty Store — go‘zallik salonlari uchun onlayn ulgurji do‘kon ishga tushirilgandan so‘ng ochilgandi.