Bugungi kunga kelib ko’plab davlat o’z raqamli valyutasi yoki kriptovalyutasini yaratish istagini bildirmoqdalar. Buyuk Britaniya, Xitoy, Turkiya shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, Qozog’iston Milliy banki ham raqamli tenge joriy etish bo’yicha o’z fikr va mulozalarini taqdim etgan edi.

Bu turdagi valyutaning joriy etilishi nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida iqtisodchi Almas Chukin tahliliy fikr bildirdi.

Milliy bank jismoniy shaxslar ishtirokidan boshlanadigan ikki bosqichli tizimni joriy etishni taklif etdi. Ya’ni: fuqaro to’g’ridan- to’g’ri Milliy bank tarmog’i yoki boshqa bir tijorat bank orqali elektron hisobni ochishi mumkin. Bunda iqtisodiyot uchun ulkan xavf mavjud emas. Fuqarolarga esa qulaylik yaratiladi. Endilikda qog’oz pullarni olib yurish shart emas, raqamli kesh uning o’rnini bosadi.

Qiymat o’lchovi tushunchasi

Endi biroz nazariyaga ko’z tashlasak. Pullar aslida nima va pul belgilaridan ularni nima farqlab turadi?

Pullar — bu mahsulot qiymatini aks ettiruvchi “jamoaviy munosabatlar” deganidir. Mahsulot esa sotib olish va sotish mumkin bo’lgan tovardir. Agar tovar sotilmasa unda qaysidir birlikda ko’rsatiluvchi narx va qiymat ham bo’lmaydi. Buni gravitatsiya va tana og’irligi bilan taqqoslash mumkin. Materiyaga uchun gravitatsiya xos holatdir (unda qiymat mavjud emas) Yer shari esa barcha predmetlarni ma’lum kuch orqali o’zida saqlab turadi (qiymat mavjud).

Xuddi yuqorida keltirilgan misoldek, barcha og’irlikka (qiymatga) ega obyektlarda tortishish kuchi mavjud. Tana og’irligini o’lchovni uskuna orqali bosim kuchi yordamida o’lchash mumkin. Misol uchun Mars sayyorlasi Yerga qaraganda yengilroq ammo bizda 1 kgga teng buyum Marsda 300 gr og’irlikka teng.

Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, barcha mahsulotlarning biz sun’iy oshira olmaydigan qiymati mavjud. Ularning narxini u yoki boshqa kategoriyaga kiruvchi tovarlarni bozor ishtirokchilari to’lashga qodir bo’lgan summaga qarab belgilaymiz.

Narx bozorga chambarchas bog’liqdir. Bozor esa klassik tushunchada davlat tomonidan chegaralangan. Shuning uchun odatda, qiymat davlat doirasida belgilanadi va pul birligi bilan nomlanadi (dollar, iyena,tenge va boshqalar). Shu bilan birga, o’lchov birliklari orqali ham qiymatlanishi mumkin (funt,pud va unsiyada).

Ushbu qiymatlarni ifodalash uchun odamlar pul belgilaridan (tanga, qog’oz pul, elektron pullar) foydalanishni boshladilar. “Kazcoin” ham pul belgilaridir yangi turiga aylanadi.

Bu yangi pullar ham boshqa qiymat ham emas. Hammasi oldingidek, faqat qiymatni ifodalovchi boshqa belgi paydo bo’ldi.


Vazifalarni aniq belgilab berish kerak

Qiymatdan so’ng pullarning amalga oshiradigan vazifalarini ham tushunish juda muhim. Bu xususda juda ko’p fikrlar mavjud. Ammo pul amalga oshiruvchi uchta asosiy vazifa bor. Bular: qiymat o’lchovi, almashinuv va to’lov vositasi hamda jamg’arish uchun ko’makchidir.

Pulning jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi — juda muhim masala. Oddiy misol sifatida pul birliklarining yaralishi T-T (tovarga tovar bilan) qoidasini buzib yubordi. Endilikda Biz T-P-T formulasi asosida ish yuritmoqdamiz. Siz qo’lingizdagi oziq-ovqatni ma’lum pul evaziga almashtirishingiz mumkin. Chunki ularning umumiy qabul qilingan qiymati mavjud.

Shu mahsulotlarni bitkoin orqali olishningnham imkonini topsa bo’ladi. Elektron bitkoin hamyonini ishga tushirgan holda, qo’lingizdagi mahsulotni tezda almashtirasiz. Endi shu bitkoin o’rnida “Kazcoin"ni qo’yib ko’raylik. Almashtiruv amalga oshadimi yoki yo’q?

“Pivo xohlaysanmi?”

Kaspi.kz elektron pullar tizimini joriy etdilar va jamoat tan olishiga erisha oldilar. Shuning uchun ham to’lovlar sohasida barchadan oldin uning ijobiy va salbiy tomonlarini tushunib oldilar. Bu yerda yagona muammo — foydalanuvchilar faqat Kaspi’niki bo’lsagina bu qulaylikdan foydalana olishadi. Shunday ekan meni karta ochishdan hech narsa ushlab turgan emas.

Bir yil oldin markazda xatolik yuz berib barcha messenjerlarni bloklab qo’yishgan edi. Odamlar bir-birlari bilan muloqot qila olishmadi. O’sha paytda Kaspi orqali 50 tenge jo’natib, “Pivo xohlaysanmi?” deb xabar yozar edim. Do’stim esa o’sha 50 tengeni qaytarib menga jo’natardi va o’z javobini qoldirardi.

Agarda mijozlar turli banklar orqali murojaat qilsalar to’lov tizimini amalga oshirish qiyinroq, uzoqroq va qimmatroq bo’ladi. “Halyk Bank” telefon raqam orqali o’zining mijozi bo’lmagan shaxsga pul o’tkazmalarini amalga oshira olmaydi. Mana shunday holatda Kaspi o’zib ketdi. Unda banklararo pul o’tkazmalari foizsizdir.


Bu ma’noda “Kazcoin” davlat va fuqarolar uchun yaxshi ma’noda tub burilish yasashi mumkin. Avtomatik tarzdga barcha fuqaroga hisob raqami ochish mumkin (STIR — bu sizning hisob raqamingiz degani). Barcha ijtimoiy to’lovlar va dvlat hisob-kitoblari tezda amalga oshiriladi. Pul o’tkazmalari ham oson o’tkaziladi.

Barchasi a’lodek ko’rinadi. Ammo vaqti kelib tijorat banklari komissiya to’lovlari orqali ishlaydigan foydalarining 30%ni yo’qotadilar. Bundan tashqari, kredit tizizmining butunlay buzuladi va tijorat banklardagi moliyaviy barqarorlikka putur yetadi.

Bu yerda oson yechim topilmaydi. Bank — bu avvalo moliyaviy vositachidir. Mijoz 1 million tengeni bank hisob raqamiga kiritadi va bu bankning passiviga aylanadi — bank unga 1 millionni talab bo’yicha qaytarishi kerak.

Bank ushbu millionni boshqa mijozga kredit shaklida beradi, passiv aktivga aylanadi va foizlar oladi. Hamma uchun yaxshi. Omonat joyidan daromad keltiradi. Qarz oluvchi biznesni rivojlantiradi va daromadini bank bilan bo’lishadi. Mamlakat iqtisodiyotiga kredit berish hisobiga bir million o’rniga ikki million faol ish pullari tushadi.

Tasavvur qiling, to’satdan bank yaxshi ishlamayapti va xatarlar bor degan mish-mish tarqaldi. Ilgari mijozlar bo’limga yugurib borib, ularga naqd pul berishni talab qilishgan.

Naqd pul — bu Markaziy bankning qog’ozdagi majburiyati, ya’ni tijorat bankidan qaytarmaslik xavfi butunlay chiqarib tashlanadi degani. Endi siz hech qayerga qochishingizga hojat yo’q. Mijoz telefon orqali buyruq teradi va bir soniyada ushbu million raqamli tangalar uning Milliy bankdagi hisob raqamiga o’tkaziladi.

Qarz oluvchi kredit oldi va uni biron bir joyga sarfladi, omonatchi bir zumda pulni Milliy bankdagi hisobiga ko’chirdi va “qaysidir” bankda sichqonlar bo’sh kassa atrofida yugurib yurishadi, chunki u yerda qog’oz pullar uzoq vaqt davomida ko’rinmagan. Bankning moliyaviy balansini qanday rejalashtirish kerak — bu katta savol, hamma narsa juda o’zgaruvchan bo’lib bormoqda.

Hozirga kelib “Halyk bank” o’zining IT-tizimini rivojlantirishda juda katta sakrashni amalga oshirdi va funksional jihatdan u ma’lum bir joyni egallab turibdi, qayerdadir Kaspi’dan ustun.

Ammo ko’plab mijozlar bank xizmatlaridan allaqachon voz kechishgan.Ularni qaytarib olish ko’p harakatni talab qiladi, bu esa moliyaviy masalani keltirib chiqaradi. Kaspi yo’lga qo’ygan ishlarni amalga oshirishning o’zi kamlik qiladi.

Yuqoridagi bu holatda yangi texnologik imkoniyatlarni qo’llayotgan o’rtasidagi jangga raqamli tange barham beradi. Markaziy bank bozorning eng yirik ishtirokchisi bo’lsa ham mijozga pul o’tkazmalaridan boshqa hech narsa berolmaydi. Bu uning funksional imkoniyatlariga kiritilmagan — ular depozitlarni ochmaydilar, konvertatsiya qilishni ham xohlamaydilar. Shunday qilib, raqamli pullarni tijorat bankiga olib borish mijoz uchun foydaliroqdir hisoblanadi.