Qozog’iston Milliy banki mamlakatda muomalada bo’ladigan yangi turdagi valyutani — raqamli tengeni joriy etishni rejalashtirmoqda. Buhaqda zakon.kz xabar berdi. Bu moliayviy regulyator tomonidan chiqariladigan yangi pul shaklidir.

Raqamli tengelar naqd yoki naqdsiz pullarni almashtirish uchun mo’ljallanmagan, balki ular bilan parallel ravishda ishlatiladi.

“Raqamli tengening joriy etilishi Milliy to’lov tizimining yanada rivojlanishini ta’minlaydi va bir qator o’ziga xos texnologik xususiyatlar uchun naqd to’lovlarga bog’liqlikni kamaytiradi”, — deyiladi Milliy bank xabarida.

Hozirgi kunda MB raqamli valyutalarning foydalari va xatarlari, ularni chiqarish va tarqatish usuli, ishlatilayotgan texnologiyalar, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik va to’lov xizmatlari bozoriga ta’sirini har tomonlama o’rganmoqda.

Aytilishicha, milliy valyutaning yangi turidan iqtisodiyotning barcha yonalishlarida to’lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanish mumkin bo’ladi.

Raqamli tenge yagona elektron raqamli ketma-ketlik formatida chiqariladi, u alohida elektron hamyonlarga yoziladi va ular orasida harakatlanishi mumkin. Milliy bank raqamli platformani texnologik tatbiq etishning boshqa variantlarini ham ko’rib chiqadi.

Shu bilan birga, Milliy bank raqamli tangalar elektron pullardan sezilarli darajada farq qilishini ta’kidladi.

“Raqamli tenge Milliy bank tomonidan chiqariladigan qo’shimcha pul shakliga aylanadi, elektron pullar faqat ma’lum bir to’lov tizimining infratuzilmasi doirasida mavjud bo’lib, xususiy tashkilotlar tomonidan ham chiqarilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektron pul o’z vazifalarini bitta to’lov tizimi doirasida amalga oshiradi va ushbu tizim egasining majburiyati hisoblanadi”, — deb tushuntirdi moliyaviy regulyator.

Raqamli valyutani chiqarishning eng keng tarqalgan sabablari: moliyaviy xizmatlarning mavjudligini, to’lovlar samaradorligini oshirish va transchegaraviy to’lov tizimlarini rivojlantirishdir.

Avvalroq Spot, Buyuk Britaniya raqamli valyuta ishlab chiqarishni rejalashtirayotganligi haqida xabar bergan edi.