“Экономика сегодня” nashrining yozishicha, Xitoy raqamli milliy valyutani eksperiment asosida ishlatadigan shaharlar sonini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Olimpiada kunlari xalqaro mehmonlarga undan foydalanishga ruxsat beriladi. Regulyator bu orqali raqamli yuan bilan tajribalarni davom ettiradi va uning tizimini kengaytirib oladi.

Ayni paytda Xaynan viloyatida raqamli valyuta sinovlari o‘tkazilmoqda. Bungacha bunday tajribalar Pekin, Shenchjen, Suchjou va Chengdu shaharlarida sinab ko‘rilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot Xitoy rekord darajadagi iqtisodiy o‘sishga erishganligi haqida xabar bergan edi.