Birinchi yillik Markaziy Osiyo Venchur Forumi 2021-yil 28 mayda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UZCARD o’zining telegramdagi rasmiy kanalida xabar berdi.
Markaziy Osiyo venchur forumi bahsli masalalarni, Markaziy Osiyoda va xalqaro bozorlarda venchur sanoatini kelajakda rivojlantirishning yangi tendensiyalari va strategik vazifalarini muhokama qilish uchun mintaqaviy venchur investorlarni, fondlarni va biznes farishtalarni birlashtiradi.
Yalpi majlis kun tartibiga sohaning dolzarb masalalari: Markaziy Osiyoda startap ekotizimlarini rivojlantirish muammolari, venchur kapital qo‘yilmalar madaniyati va vositalarini yaratish, intellektual mulkni boshqarish va boshqalar kiradi.
Forumning ikkinchi qismida venchur fondlari vakillari va biznes farishtalari oldida startaplarning pitch sessiyalari bo‘lib o‘tadi.
Forum tashkilotchilari: UZCARD Ventures, MOST Ventures (Qozog‘iston), Namba Group (Qirg‘iziston), O‘zbekiston Venchur Kapital Assotsiatsiyasi.
Forum 28-may kuni soat 10:00da (TSHK vaqti bilan) gibrid formatda (oflayn va live-youtube) UZCARD Ventures platformasida bo‘lib o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish bu yerda.
Avvalroq Spot, UZCARD ilk tarmoqli fintex-akselerator va korporativ venchur jamg‘armasini ishga tushirganligi haqida xabar bergan edi