UZCARD ilk tarmoqli fintex-akselerator va korporativ venchur jamg‘armasini ishga tushirdi

UZCARD, istiqbolli startaplarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ilk bora moliya-texnologiyalar sohasida akselerator va miqdori $1 mlnga teng venchur jamg‘armasining joriy etdi. Bu haqda Spotga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Uzbekistan FinTech Accelerator” korporativ akseleratori startaplar bazasida innovatsion-texnologik yechimlarni qidirish, sinovdan o‘tkazish va UZCARD infratuzilmasi hamda fintex ekotizimiga joriy etishga qaratilgan.

Arizalar, BigData, sun’iy intellekt, biometriya, blokcheyn, IoT, biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va boshqalar sohasidagi moliyaviy va IT industriya uchun yechimlarni ishlab chiqadigan mahalliy va xorijiy startap jamoalaridan qabul qilinadi.

Startaplarni tanlov asosida saralab olish uchun mashulot prototipi (MVP) yoki tayyor mahsulotga ega bo‘lish zarur hisoblanib, ushbu mahsulot kompaniyaning ehtiyojlari uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘ylab moslashtiriladigan bo‘lishi kerak:

  • UZCARD infratuzilmasining rivojlanishi;
  • Mahsulotlar lineykasini kengaytirish;
  • Kiberxavfsizlik sohasidagi yechimlar;
  • Marketing vositalari;
  • Ichki jarayonlar va ma’lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish;
  • HR sohasidagi yechimlar;
  • UZCARD hamkorlari uchun servislar (Banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqalar).

Saralash uchun yo‘nalishlarning batafsil ro‘yxati va ishtirok etish shartlari bilan akseleratorning http://startup.uzcard.uz/ saytida tanishib chiqish mumkin. Arizalar 2021 yilning 15-iyunigacha qabul qilinadi.

Akseleratsiya muddati davomida startapning jamoasiga mentorlar, trekerlar va kompaniya mutahassislari hamrohlik qilib, ular ilg‘or texnologiyalarni sinab ko‘radi, ularning potensial biznes-ta'sirini va fintex ekotizimga integratsiyalash ehtimolligini baholaydi.

Tanlab olish natijalari bo‘yicha 15 ta startapga UZCARD ekspertizasi hamda infratuzilmasidan foydalanish imkoniyati beriladi, shuningdek ular pilotli loyihalarni amalga oshira oladilar.

Akseleratsiya dasturi yakunlangach, startaplar “Uzcard Ventures” korporativ jamg‘armasidan venchur investitsiyalariga da’vo qilishlari mumkin bo‘lib, ushbu jamg‘arma muvaffaqiyatli sinov jarayonidan o‘tgan loyihalar bilan bir qatorda, tashqi startaplarni ham ko‘rib chiqadi.

“UZCARD qoshidagi akselerator va venchur jamg‘armasi — bu yosh innovatsion startaplar uchun kompaniyaga o‘z ishlanmalarini taqdim etish, birgalikda loyihalarni joriy etish va venchur kapitalini jalb qilish uchun a’lo imkoniyatdir. Biz korxonaning asosiy biznes-yo‘nalishlarning texnologik ehtiyojlarini o‘rganib chiqdik va tashqi texnologik jamoalar bilan hamkorlikni rivojlantirib boramiz” — deb ma’lum qildi, UZCARD korporativ innovatsiyalar bo‘yicha direktori Dilshod Zufarov.

Avvalroq Spot, UZCARD va HUMO kartalari uchun terminallar yagona tizimiga o‘tishi haqida xabar bergan edi.