Tayyorlangan soxta videoda Stiv Voznyak, Bill Geyts va Ilon Mask odamlarga murojaat qilib, oʻz bitkoinlarini hamyonga oʻtkazgan kishilar ikki baravar koʻp daromad olishi mumkinligiga vaʼda bergan, deb yozadi Bloomberg.

Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak YouTube-ga qarshi daʼvo arizasida ushbu platforma firibgarlik videosini aniqlay olmagani va uni olib tashlamaganligidan noroziligini aytadi.

Kaliforniyaning Santa-Klara okrugi Oliy sudi esa YouTube-ni aybsiz deb topdi va platforma foydalanuvchilar kontentiga javobgar emasligini taʼkidladi.