IT Park Namangan va Sirdaryo aholisi uchun yangi “Tumaris Edu” loyihasini boshlaydi.

IT Park Tumaris.Tech loyihasi asosida Namangan va Sirdaryo aholisi uchun yangi — Tumaris Edu loyihasini ishga tushirmoqda.

Tumaris Edu — 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan ayollarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga oʻrgatish, ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish va raqobatdosh IT-loyihalarni amalga oshirishda ayollarni bosqichma-bosqich oʻqitishga qaratilgan loyiha.

Dastlabki bosqichda loyiha Namangan va Sirdaryo viloyatlari aholisi orasida yuqori malakali mutaxassislarni axborot texnologiyalari, dasturlash va ingliz tili dasturlari boʻyicha tayyorlaydi.

Loyihaning tashabbuskorlari va tashkilotchilari — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, shuningdek Sirdaryo va Namangan viloyatlari hokimliklari.

Dastur 3 oy davom etadi. Darslar jadvali: haftasiga 3 marta, kuniga 80 daqiqa. Kurslarga yozilish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatda o’ting.