Telegramda shaxsiy kanalga ega blogerlar oʻz obunachilaridan xayriya mablagʻlarini yigʻish imkoniyatiga ega boʻldi.
Buning uchun @donate rasmiy boti ishga tushirildi. Mazkur bot Oʻzbekiston hududida ham xayriya mablagʻlarini toʻplash mumkin. Biroq bu borada xabar yoki tavsiyalar mavjud emas.
Donate rasmiy boti orqali kanal egalari bot tomonidan berilgan oddiy koʻrsatmalarga amal qilib, oʻz kanallarida xayriya funksiyasini oʻrnatishi mumkin.
Xayriya boti Payment 2.0 tizimiga asoslangan (Payment funskiyasini ishga tushirish boʻyicha ushbu maqolani oʻqib chiqing), bu texnologiya Oʻzbekistondagi toʻlov tizimlaridan CLICK va Payme-ga ulangan.
Telegram Infoga koʻra, pul mablagʻlarini oʻtkazish va qaytarib olish uchun komissiya 5% etib belgilangan, biroq bu miqdor kamayishi kutilmoqda.
Kanal egalari tavsiya etiladigan toʻlov miqdorini kiritish imkoniyatiga ega. Foydalanuvchilar toʻlov qilayotgan tavsiya etilgan xayriya miqdorini oʻzgartirishi mumkin.
Ogoh boʻlish kerakki, Donate botida Telegramning koʻk rangli rasmiy belgisi bor, shu orqali uni oʻxshash nomdagi boshqa botlardan farqlash mumkin.