TikTok 2021-yil I choragida 13 yoshgacha bolalarga tegishli boʻlgan 7 milliondan ortiq akkauntni yopganini eʼlon qildi. Bu haqda Axios xabar berdi.

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqda choralar koʻrishga toʻgʻri kelgan akkauntlar soni birinchi marta oshkor etilgan. Avvalroq Qoʻshma Shtatlar kunlik TikTok foydalanuvchilarining uchdan bir qismi 14 yoshgacha bolalar ekanini maʼlum qilingandi.

13 yoshgacha boʻlgan yoki yoshini koʻrsatmagan foydalanuvchilar tomonidan joylashtiriluvchi videolar ijtimoiy tarmoq maʼmuriyati tomonidan oʻchiriladi.

Ijtimoiy tarmoqning 2019-yilda AQSh hukumati tomonidan $5,7 millionlik jarimaga tortilgach, yosh toifasidagi qoidaga qatʼiyroq amal qila boshlagan.

Avvalroq Spot, yil boshidan beri TikTok 384,6 mln marta yuklab olinganligi va eng ko‘p foyda olgan ilovaga aylanganligi haqida yozgan edi.