3,79 gektar maydonda joylashgan “Zomin bolalar oromgohi” MCHJ ustavidagi “Zarbdor paxta tozalash” AJ ga tegishli 100% ulush sotuvga chiqarildi. Bu haqida E-ijro auksion saytida xabar beriladi.

Oromgoh Jizzax viloyati, Zomin tumani, G’allakor QFYda joylashgan. Inshoot uchun boshlang’ich narx 14,4 mlrd so’m deb belgilangan.

Jamiyat balansidagi summa ustavda ko’rsatib o’tilgan bo’lib, 7,67 mlrd so’mni tashkil etadi.

Arizalarni qabul qilish 7-avgustgacha davom etadi. Savdolar 9-avgust kuni o’tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot, Chorvoq hududidagi xususiylashtirilishi kutilayotgan oromgoh va dam olish maskanlari haqida ma’lumot bergan edi.