Toshkent shahrining markaziy ko’chalaridan birida joylashgan Oscar Boutique Hotel poytaxtimiz mehmonlari uchun o’z eshiklarini ochdi. Bu haqda Toshkent shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mehmonxona 50 ta zamonaviy va eksklyuziv dizaynga ega bo’lgan xonalardan iborat bo’lib, ular orasida standart va lyuks darajali xonalar mavjud. Oscar Boutique Hotel mehmonxonasi o’ziga xos dizayn, yuqori darajali mexmonxona xizmatlari va qulay joylashuvi bilan ajralib turadi.

Jumladan, mehmonxona dizayn elementlarida tabiiy materiallardan foydalanilgan — yog’och va tosh. Shu bilan birga, Oscar Boutique Hotel restoran, lounge bar, spa va fitness xizmatlarini mavjud.

Shuningdek, transfer xizmatidan foydalashingiz yoki konferentsiya xonasida o’zingizni biznes uchrashuvlaringizni tashkil qilishingiz mumkin. Yoz mavsumida bog', ochiq suv havzasi va yozgi ayvondan foydalanishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: ushbu mehmonxona “OSKAR ASSET MENEJMENT GROUP” MChJ XK tomonidan Buyuk Britaniyalik investor bilan hamkorlikda barpo etilgan bo‘lib, investor tomonidan mehmonxona qurilishiga jami 300 ming AQSh dollari miqdoridagi investisiya mablag‘i yo‘naltirilgan. Mehmonxona loyihasining umumiy qiymati qariyb 15 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Timur yo’lchilar ko’chasi 148−150 uy