“TOSHKENT TRANSPORTI” mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatixabar berdi.

Ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi.

Yoʻlovchilar oʻzlariga eng yaqin boʻlgan oraliq bekatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotga ega boʻlgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.

Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yoʻnalishini koʻrish imkoniyati mavjud.

Shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yoʻnalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish boʻyicha aniq qoʻllanmaga ega boʻlishlari mumkin.

“Toshkent transporti” mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin. Google Play. App Store.