WhatsApp ilovasida yangi funksiya paydo bo’ldi. Unga ko’ra, endilikda foydalanuvchilar jo’natgan video va fotosuratlari telefon qurilmasida saqlanib qolmasdan, ko’rilgach o’chib ketadi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.

Suratlar va videolar tomosha qilingacha, “Открыто” belgisi ostida qoladi. Bu turdagi fayllar telefon qurilmasi xotirasida saqlanib qolmaydi va ularni boshqa foydalanuvchiga jo’natish ham mumkin bo’lmaydi.

Agar faylni ikki hafta ichida ochmasa, u avtomatik tarzda o’chib ketadi. Shuningdek, boshqa foydalanuvchi rasmni skrinshot qilishi yoki sur’atga olishi mumkinligi sabab, ma’lumotlar tarqalib ketishining xavfini yo’q deyish xato bo’ladi.

Yangi funksiya hafta oxiriga qadar barcha mobil ilova egalarida paydo bo’ladi.