YouTube soʻnggi uch yilda video ijodkorlar, rassomlar va media kompaniyalarga $30 mld dan koʻproq mablagʻ sarfladi. Bu pul kontentni monetizatsiya qilishning oʻnta usulini, shu jumladan reklama, savdo-sotiq, obuna, foydalanuvchilarning xayriya va boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi sheriklik dasturi doirasida toʻlangan.

2021-yilning ikkinchi choragida YouTube reklama daromadlari $7 mlrd dan oshdi va shu pul evaziga videoxosting bloger va hamkorlarga kompaniya tarixida “har qachongidan ham koʻproq” haq toʻladi.

Hamkorlik dasturi 14 yil oldin boshlangan va bugungi kunda unga 2 mln dan ortiq mualliflar ulangan. AQShda mazkur platformadan olti raqamli daromad oladigan hisoblar soni 25% dan oshdi.

Avvalroq Spot YouTube videolar uchun yangi funksiya qoʻshayotgani haqida yozgan edi.