Afg’oniston Markaziy banki sobiq parlament a’zolari, vazirlar va boshqa rasmiylarning hisoblarini muzlatib qo’ydi. Bu haqda payshanba kuni Al -Jazeera telekanali mamlakatda hokimiyatni qo’lga olgan “Tolibon” radikal harakatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Telekanalda mamlakat bosh bankining nega bunday qarorga kelganligi haqida xabar berilmagan.

Shu bilan birga, Tolibon tayinlagan bosh vazir Muhammad Hasan chorshanba kuni sobiq hukumat amaldorlarini “mamlakat xavfsizligi va farovonligiga hissa qo’shish” uchun Afg’onistonga qaytishga chaqirdi.

Bundan tashqari, chorshanba kuni harakat vakillaridan biri AQSh rahbariyatini mamlakatning yangi hukumatiga Amerika tomoni tomonidan $10 milliardga yaqin muzlatilgan Afg’oniston davlat zaxiralariga kirishni ta’minlashga chaqirdi.

Reuters nashrining ma’lunotlariga ko’ra Amerika hukumati bu iltimosni rad etgan.

Ma’lumot uchun, Spot avvalroq, AQSh Afg’onistonning mamlakatdagi davlat zaxirasiga tegishli mablag’larini muzlatib qo’yganligi haqida xabar bergan edi. Ularning umumiy miqdori $9 trlnni tashkil etadi.