Bloomberg nashrining xabar berishicha Amerika hukumati Afg’onistonga dollar yetkazib berishni to’xtatdi. Shuningdek, Vashington Afg’onistonga tegishli bo’lgan $9,5 trln miqdordagi hisob raqamlarni muzlatib qo’ygan.

Bu yo’l bilan Amerika afg’on hukumati pullari Toliblar qo’liga tushishini oldini olmoqda.

WSJ nashrining xabar berishicha, qaror Tolibon harakati poytaxtni egallashidan oldin qabul qilingan. Qarorni Miloya bosh vaziri Janet Yellen va xorijiy aktivlar ustidan nazorat boshqarmasi qabul qilgan.

Oq Uyning xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanga Tolibonlarga ta’sir o’tkazishning qanday mexanizmlari borligi haqida savol berildi. Bu borada mutasaddi sanksiya choralarini ta’kidladi, ammo batafsil tushintirish bermadi.

Ma’lumot uchun, Toliblar hukumatni egallagandan buyon Afg’oniston valyutasi rekord darajada pasayishni qayd etdi.