Intellektual milk agentligining xabar berishicha, “Virtual Garage” dasturi yaratildi.

Dastur haydovchilik maktablarida oʼqitish uchun interfaol muhit yaratib, murakkab 3D modellar va animatsiyalarga ega.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

  • avtomobil tizimining asosiy qismlari tavsifi;
  • texnik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
  • avtomobil noyob modelini tuzish mumkin:
  • shesternyali va pogʼonali mexanik uzatmalar qutisi;
  • gidravlik tayanchli avtomobillarni boshqarish; yoqilgʼi quyish tizimi,
  • avtomobilning uzgichli, akkumulyatorli va uchqunli oʼt oldirish tizimi; avtomobilning sovutish va isitish tizimi va boshqalarni o’rganish mumkin.

Dastur muallifi “TI SOFT” MChJga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 11230 raqamli guvohnoma berildi.