Rossiya 5-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston shaharlariga muntazam qatnovlar sonini ikki taraflama asosda koʻpaytiradi. Bu haqda mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha tezkor shtabi maʼlumotida aytilgan.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha reyslar yoʻlga qoʻyiladi:

  • “Moskva — Toshkent” — haftasiga 4 tagacha reys;
  • “Moskva — Buxoro” — haftasiga 2 ta reys;
  • “Moskva — Urganch” — haftasiga 1 ta reys;
  • “Moskva — Samarqand” — haftasiga 2 ta reys;
  • “Moskva — Namangan” — haftasiga 1 ta reys;
  • “Moskva — Fargʻona” — haftasiga 1 ta reys;
  • “Moskva — Andijon” — haftasiga 1 ta reys;
  • “Moskva — Termiz” — haftasiga 1 ta reys.

Bu faqat Rossiya aviakompaniyalarining reyslari, Oʻzbekiston tomoni ham shuncha parvozlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, operativ shtab xalqaro parvozlar tiklangan Rossiya aeroportlaridan har bir yoʻnalish boʻyicha haftasiga 1 marta Oʻzbekistonning yuqoridagi shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berdi.