CoinMarketCap maʼlumotlariga koʻra, 24-sentyabrda bitkoin narxi $42 mingdan pastga tushib ketdi.
Toshkent vaqti bilan 16:10 da token kursi $41 750 ga yetdi. Bir kun oldin bitkoinga $43 750 narx berilgan edi va uch soatdan kamroq vaqt mobaynida kotirovkalar $45 000 dan oshib ketgan. 24 soat ichida kurs 5,5% ga pasaydi. Ethereum ham 9,5% ga tushib ketdi.
Bloomberg narxlarning pasayishini Xitoy rasmiylarining harakatlari bilan izohlamoqda. Xitoy Xalq banki mamlakatda barcha kriptovalyuta operatsiyalarini taqiqlashga qaror qildi.
Regulyatorning aytishicha, davlat garovisiz bitkoinlar va shunga oʻxshash aktivlar muomalada valyuta sifatida ishlatilmaydi. Ular bilan tuzilgan barcha bitimlar, shu jumladan XXR rezidentlari uchun offshor kripto-birjalar xizmatlari qonunga ziddir.
Taqiq kriptovalyutani qazib olishni toʻxtatish — atmosfera chiqindilarini kamaytirishning asosiy shartlaridan biri ekanligi eʼlon qilinganidan koʻp oʻtmay paydo boʻldi.
Iyun oyida Xitoy bosh vaziri Lyu Xe kripto-aktivlar savdosiga bir qator cheklovlarni kiritishga qaror qilgandi, bu esa bitkoin kursini 10% ga tushirdi.
Iyul oyida davlat elektr kompaniyasi Xitoyda kon qazishni taqiqlab qoʻydi, shundan keyin bitkoin $30 mingdan pastga tushib ketdi va konchilar ommaviy ravishda Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarga koʻchib ketishdi.
Kuzatuvchilar Xitoy iqtisodiyotidagi noaniqlik va uning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Evergrand inqirozi sharoitida bitkoin narxining yanada pasayishini kutishmoqda.