Geely avtomobil ishlab chiqaruvchisi asoschisi Erik Li yangi korxona tashkil etdi. U allaqachon Uxan iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi bilan mobil telefonlar ishlab chiqarish boʻyicha strategik hamkorlik shartnomasini imzolagan, deya yozmoqda “CNBC”.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Uxanda joylashgan boʻladi. Unda yuqori texnologiyali smart qurilmalar, shu jumladan, smartfonlarni ishlab chiqish uchun global texnologiyalarga eʼtibor qaratiladi.

Geely smartfonlar qaysi brend ostida chiqarilishini va qachon ishlab chiqarila boshlanishini aytmadi, lekin bu qurilmalar uning avtomobilsozlik biznesini toʻldirishini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, kompaniya premium smartfonlar toifasida Apple, Samsung va Xiaomi bilan raqobatlashmoqchi.